Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

NATO–Rossiya urushi bashorat qilindi

NATO–Rossiya urushi bashorat qilindi

AQSh Harbiy-havo kuchlari buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan Rand korporasiyasining yangi tahliliy hisobotida NATO va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy harbiy to‘qnashuvning borishi bashorat qilingan.

Tahlilchilarning xulosalariga binoan, Shimoliy Atlantika ittifoqi havoda hal qiluvchi ustunlikka ega bo‘ladi, bu esa faraziy qarshilik natijasida muhim rol o‘ynashi mumkin.

Tadqiqot mualliflari ta’kidlashicha, NATO va Rossiya o‘rtasidagi ehtimoliy to‘qnashuv Ukrainadagi urushdan sezilarli darajada farq qiladi.

"Birinchidan, va ehtimol eng muhimi, NATOning havodagi ustunligi Rossiya-Ukraina urushidagi hozirgi quruqlik operasiyalariga xos bo‘lgan pozision turg‘unlikni buzishi mumkin," deya hisobotda qayd etilgan.

Hujjatda AQSh va uning ittifoqchilari so‘nggi uch yil mobaynida Ukraina mojarosidan olgan saboqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Ular orasida NATO mamlakatlarining Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi jangovar harakatlarda hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan kichik uchuvchisiz uchish apparatlari va radioelektron kurash texnologiyalarini qo‘llashda orqada qolgani ham bor.

Bundan tashqari, mutaxassislar G‘arbning NATO mudofaa sanoati, ayniqsa Rossiya imkoniyatlari bilan taqqoslaganda, yetarli miqdorda o‘q-dorilar ishlab chiqara olmasligi bilan bog‘liq jiddiy zaifliklarini ta’kidlamoqda. Biroq, bu qiyinchiliklarga qaramay, ittifoq zarba berish qudrati bo‘yicha sezilarli ustunlikni saqlab qolayotgani Rand hisobotida ta’kidlanmoqda.

Tahlilchilar tomonidan modellashtirilgan ssenariylarga ko‘ra, agar Rossiya NATO mamlakatiga hujum qilib, hududiy da’volarni ilgari sursa, jangovar harakatlar tezda keskin bosqichga o‘tadi.

Bunga javoban AQSh va ittifoqchi kuchlar boy berilgan hududlarni qaytarib olish maqsadida qarshi hujumga o‘tadi. Dastlabki kunlarda Rossiya NATO qo‘shinlariga zarba berishi mumkin, ammo keyin, hisobotda ta’kidlanganidek, "alyans Sharqiy Yevropa ustidan havo hududida ustunlik o‘rnatadi."

Kiritildi: 21:37 29.05.2025. O'qildi: 1713 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!