Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

KXDR Rossiyani qurol-yarog‘ bilan to‘ldirmoqda

KXDR Rossiyani qurol-yarog‘ bilan to‘ldirmoqda

Faqatgina 2024 yil davomida Rossiya KXDRdan 9 million donagacha artilleriya snaryadlari va reaktiv o‘q-dorilar oldi. Bu oldingi baholarga qaraganda ancha ko‘p. Ushbu ma’lumotlar BMTga a’zo 11 davlat tomonidan tashkil etilgan Sanksiyalar monitoringi bo‘yicha ko‘p tomonlama guruhning (MSMT) birinchi hisobotida keltirilgan.

Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yil mobaynida Rossiya dengiz kemalari KXDR portlaridan Uzoq Sharqdagi Rossiya portlariga turli turdagi va kalibrdagi taxminan 9 million dona o‘q-dori, jumladan 122 va 152 mm kalibrli asosiy artilleriya snaryadlarini - jami 4,2 dan 5,8 million donagacha tashigan.

Bundan tashqari, o‘tgan yili Rossiya Shimoliy Koreyadan quyidagilarni oldi:

• keyinchalik Ukraina hududiga qarata uchirilgan kamida 100 ta ballistik raketa,

• Koreyada ishlab chiqarilgan uzoq masofali 170 mm kalibrli o‘ziyurar artilleriya qurilmalari,

• 240 mm kalibrli reaktiv yalpi o‘t ochish tizimlari,

• 200 dan ortiq texnika birligi, shu jumladan o‘ziyurar to‘plar, reaktiv tizimlar va har ikkala turdagi qurollarni qayta o‘qlash uchun transport vositalari.

• tankka qarshi raketalar.

Bundan tashqari, hisobotda rossiyaliklar tomonidan Ukrainaga otilgan snaryad va raketa parchalari o‘rganilgan ko‘plab tergovlarga havolalar keltirilgan. Ushbu parchalar asosida bunday qurollarning Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilganligi tasdiqlangan.

Kiritildi: 21:11 29.05.2025. O'qildi: 843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!