Jinoyatchi Isroilning Markaziy G‘azoga qilgan yirik hujumlari Bureij qochqinlar lagerida 23 kishining joniga zomin bo‘ldi.
Bugun Isroilning G‘azoga qilgan hujumlari natijasida kamida 55 kishi halok bo‘ldi, ularning 23 nafari Markaziy G‘azodagi Bureijga uyushtirilgan shiddatli hujumlar oqibatida jon berdi.
Jinoyatchi Isroil hukumati bosib olingan G‘arbiy Qirg‘oqda 22 ta noqonuniy manzilgohni tasdiqladi, bu tarixdagi eng katta bir martalik tasdiqlash hisoblanadi.
G‘azo janubidagi gumanitar yordam tarqatish punktlarida tartibsizliklar davom etmoqda, mintaqa ma’murlari askarlarning och qolgan odamlarga o‘q uzgani, so‘nggi uch kun ichida kamida 10 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilmoqda.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 54 249 falastinlik halok bo‘ldi, 123 492 nafari yaralandi. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini aytib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetkazdi.