Bugun 31 may, 2025 yil, shanba

КИР

Aziz Abduhakimov GGGI Kengashi raisi Pan Gi Mun bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi

A A A
Aziz Abduhakimov GGGI Kengashi raisi Pan Gi Mun bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Global Yashil o‘sish instituti (GGGI) Kengashi raisi, BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Pan Gi Mun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, Orolbo‘yi mintaqasida amalga oshirilayotgan loyihalarga katta qiziqish bildiradi. Orol dengizi quruq tubining 2 million gektar maydonini yashillashtirish tashabbusi, shuningdek, 2030 yilga borib yashil hududlarni 30 foizga yetkazish maqsad qilingan “Yashil makon” umumxalq loyihasiga alohida e’tibor qaratdi.

Yuqori martabali mehmon O‘zbekistonning barqaror rivojlanish masalalaridagi yetakchilik pozisiyasini yuksak baholab, respublika Markaziy Osiyoda Global yashil o‘sish institutiga a’zo bo‘lgan birinchi davlat bo‘lganini ta’kidladi. Bu esa, uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi boshqa davlatlarning ham ushbu tashkilotga qo‘shilishiga turtki bo‘lgan.

Uchrashuv yakunida ekologik kun tartibini ilgari surishga qo‘shgan hissasi va xizmatlari e’tirofi sifatida Aziz Abduhakimov Pan Gi Munga “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishonini topshirdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorligi mustahkamlanib borayotganining yana bir isboti bo‘ldi.

Kiritildi: 12:36 28.05.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!