Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp: “Kanada AQSh tarkibiga kirsa, 61 milliard dollarlik to‘lovdan qutulishi mumkin”

Tramp: “Kanada AQSh tarkibiga kirsa, 61 milliard dollarlik to‘lovdan qutulishi mumkin”

Kanada AQSh tarkibiga kirishga qaror qilsa, "Oltin gumbaz" (Golden Dome) raketaga qarshi mudofaa tizimidan foydalanganlik uchun to‘lovdan ozod qilinadi.

Bu haqda Amerika prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

"Men bizning ajoyib "Oltin gumbaz" tizimimizning bir qismi bo‘lishni juda xohlayotgan Kanadaga, agar ular alohida, ammo teng bo‘lmagan davlat bo‘lib qolishsa, bu ularga 61 milliard dollarga tushishini aytdim. Biroq, agar ular 51-shtatga aylansa, qiymat nol dollarni tashkil qiladi," - deb yozdi Oq uy egasi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kanadada "bu taklif ko‘rib chiqilmoqda."

20 may kuni Tramp AQSh o‘zining "Oltin gumbaz" raketaga qarshi mudofaa tizimi arxitekturasi bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, tizimni yaratish uchun uch yildan sal kamroq vaqt kerak bo‘ladi. Vashington ma’muriyati unga taxminan 175 milliard dollar ajratishni taklif qilmoqda.

Kiritildi: 07:08 28.05.2025. O'qildi: 653 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!