AQSh bitkoinning maksimal darajada katta zaxirasini to‘plash va uning bir donasini ham sotmaslik niyatida, dedi Oq uyning raqamli valyutalar bo‘yicha maslahatchilar kengashi ijrochi direktori Bo Xayns.
"Biz iloji boricha ko‘proq olishni istaymiz... Birinchidan, biz ko‘proq pul yig‘moqchimiz, ikkinchidan, AQSh hukumatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitkoinlarni sotmoqchi emasmiz, tamom," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.