Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

“Putin o‘zgarib qolgan, bu menga yoqmayapti”

“Putin o‘zgarib qolgan, bu menga yoqmayapti”

AQSh prezidenti Donald Tramp vaziyatga aralashmaganida, Rossiya bilan ko‘plab "haqiqatan ham yomon hodisalar" ro‘y bergan bo‘lardi. Bu haqda Amerika rahbarining o‘zi Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

"Vladimir Putin tushunmayotgan narsa shuki, agar men bo‘lmaganimda, Rossiya bilan allaqachon ko‘plab haqiqatan ham yomon hodisalar sodir bo‘lgan bo‘lardi, va men ROSTDAN HAM YOMON hodisalarni nazarda tutyapman. U olov bilan o‘ynashyapti!" deya yozdi Tramp.

Ilgari Amerika rahbari Rossiyaning Ukrainani ommaviy bombardimon qilishiga munosabat bildirib, RF prezidenti Vladimir Putinning harakatlaridan norozi ekanligini aytgan edi.

"Putinga nima bo‘lganini, jin ursin, bilmayman. Men uni uzoq vaqtdan beri bilaman. Biz doim chiqishib ketardik. Ammo u shaharlarga raketa otib, odamlarni o‘ldiryapti, bu menga yoqmaydi. Menga Putinning qilayotgan ishlari yoqmayapti. U odamlarni o‘ldiryapti. Bu odamga ham nimadir bo‘ldi va bu menga yoqmayapti. Biz gaplashyapmiz, u esa Kiyev va boshqa shaharlarga raketalar otyapti," dedi Tramp.

Kiritildi: 21:49 27.05.2025. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!