Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

AQShning Ukraina masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog Qo‘shma Shtatlar Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish uchun 22 banddan iborat reja ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Bu haqda Kellog Fox News telekanali efirida xabar berib, rejaning, uning fikricha, muvozanatli ekanligini ta’kidladi, chunki "u hech bir tomonga ma’qul kelmayapti".

"Bizda maqsadlarimizni belgilab beruvchi 22 bandli reja mavjud. Ochig‘ini aytganda, biz uni yaxshi deb hisoblaymiz, chunki u hech bir tomonga yoqmayapti. Agar reja ikkala tomonda ham norozilik uyg‘otsa, taraqqiyotga erishish mumkin," - dedi Kellog.

Maxsus vakilning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ukrainadagi urushni to‘xtatish ustida faol ish olib bormoqda va mojaro muzokaralar stoli atrofida yakuniga yetadi, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 20:45 27.05.2025. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!