Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Rossiyaning Amur viloyati, Svobodniy shahri maktabi stadionida ommaviy mushtlashuv uyushtirgan 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan hibsga olindi.

Ular bezorilikda ayblandi (Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 20.1-moddasi 1-qismi). Sud barchasini aybdor deb topdi va 12-14 sutkaga ma’muriy qamoqqa oldi.

Migrantlar 25 may kuni Svobodniy shahridagi maktab stadionida futbol o‘yini chog‘ida boshlagan mushtlashuvi uchun polisiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bir kishi tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan.

Shu bilan birga, polisiya badanga o‘rtacha og‘irlikdagi shikast yetkazish (Rossiya Jinoyat kodeksining 112-moddasi 1-qismi) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Aybdor deb topilganlar 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, ularning Rossiyaga kirishi ham taqiqlanadi, deb xabar berdi Amur viloyati bo‘yicha tergov qo‘mitasi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin tergovni o‘z nazoratiga olgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 19:46 27.05.2025. O'qildi: 714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!