Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasida joylashgan kimyo zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.
CCTV davlat teldkansli ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohstlanganlar soni hozircha noma’lum, portlash sabablariga aniqlik kiritilmoqda. Hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda, hodisa joyida 55 ta yong‘in-o‘chirish va qutqaruv texnikasi ishlamoqda.
Ma’lum qilinishicha, portlash sodir bo‘lgan Shandong Youdao Chemical kompaniyasida 300 dan ortiq xodim ishlaydi. Mazkur zavodda pestisidlar, farmasevtik mahsulotlar va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqariladi. Ushbu korxona xlorpirifos pestisidining dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanib, u yerda yiliga yiliga 11 ming tonna xlorpirifos ishlab chiqariladi.