Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Habib Nurmagomedov: "Dana, Islamga jang manzilini jo‘nat"

Habib Nurmagomedov: "Dana, Islamga jang manzilini jo‘nat"

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov promoushen rahbari Dana Uaytga yuzlandi.

36 yoshli Habib Dana Uaytdan imkon qadar tezroq vazn toifasidan qat’i nazar UFC jangchilari reytingi peshqadami Islam Maxachevning navbatdagi jangini rasman e’lon qilishni so‘ramoqda.

"Dana, Islamga jang manzilini jo‘nat", — deya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida UFC rahbari Dana Uaytga murojaat yo‘llagan Nurmagomedov.

O‘z o‘rnida Maxachev ham "Burgut"ning bu murojaatini e’tibordan chetda qoldirmadi va bitta so‘z bilan munosabat qoldirdi: "Kutyapman!"

Kiritildi: 12:19 27.05.2025. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!