Bu chaqiriq London Mavrikiyga Chagos arxipelagini topshirganidan so‘ng yangradi.
Ma’lumot uchun, Folklend orollari Atlantika okeani janubida joylashgan bo‘lib, Buyuk Britaniya va Argentina o‘rtasidagi bahsli hudud hisoblanadi.
Avvalroq, Buyuk Britaniya Chagos arxipelagini Mavrikiyga topshirish bo‘yicha kelishuv imzolagani haqida xabar bergan edik.
Kelishuvga ko‘ra, Buyuk Britaniya Hind okeanidagi ushbu hudud ustidan suverenitetidan butunlay voz kechadi, biroq u yerdagi strategik harbiy baza — Diyego-Garsiyani 99 yil muddatga ijaraga oladi. Mazkur bazada AQSh harbiy aviasiyasi ham joylashgan bo‘lib, uning ijarasi yiliga 100 million funtdan ortiqni tashkil etadi.