Kelin Jorjeskuning so‘zlariga ko‘ra, u siyosiy jarayonda faol ishtirok etishni to‘xtatishga qaror qilgan. Jorjesku hech bir siyosiy partiyaga a’zo emasligini, o‘z partiyasini tuzmoqchimasligini va davlat lavozimlarini egallash niyati yo‘qligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Jorjesku kelajakda "Ruminiya va rumin xalqiga real foyda keltiradigan jiddiy imkoniyat" paydo bo‘lsa, siyosatga qaytishi mumkinligini istisno etmadi.
2024 yilda Ruminiya prezidentligi uchun saylovlar arafasida Jorjesku TikTok orqali tez mashhurlikka erishib, birinchi turda yetakchilik qilgan edi. Biroq mamlakat Konstitusiyaviy sudi Rossiyaning aralashuvi alomatlari mavjudligi sababli saylov natijalarini bekor qildi. Bundan tashqari, Jorjeskuga yana saylovda qatnashish taqiqlandi.
Takroriy ovoz berishda birinchi turda boshqa bir o‘ta o‘ng siyosatchi Jorje Simion g‘olib chiqdi, ammo ikkinchi tur yakunlariga ko‘ra g‘alabani liberal nomzod Nikushor Dan qo‘lga kiritdi.