Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zulyaga yetkazish evaziga pul olishi kerak edi – 22 yoshli qizni sotishmoqchi bo‘lishdi

Zulyaga yetkazish evaziga pul olishi kerak edi – 22 yoshli qizni sotishmoqchi bo‘lishdi

Toshkent viloyati IIBB va DXX tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida yana bir fuqaroning “odam savdosi” qurboni bo‘lishining oldi olindi.

Qanchalik og‘riqli bo‘lmasin, bugungi kunda yurtimizda odam savdosi kabi jinoyat holatlariga hamon duch kelinmoqda. Eng achinarlisi, bu jinoyat fuqarolarimiz tomonidan sodir etilmoqda.

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” profilaktik tadbirlari davomida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan Qibray tumani IIB hamda DXX hududiy bo‘linmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda yana bir shaxsning odam savdosi qurboni bo‘lishining oldi olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi 1971 y.t. ayol (X.T.) oson pul topish maqsadida o‘ziga tanish bo‘lgan 2003 y.t. qiz (Z.A.)ni aldab, mo‘may daromad topishga ishontirib, Toshkent xalqaro ayeroporti orqali Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga fohishalik uchun olib ketayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol va 22 yoshli qizning Rossiyaga borish uchun yo‘l haqi va boshqa xarajatlari Sankt-Peterburgda yashovchi “Zulya” ismli ayol tomonidan qoplangan. Buning evaziga qiz keyinchalik fohishalik bilan shug‘ullanishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, ayol qizni yetkazgani uchun “Zulya”dan ma’lum miqdorda haq olishga kelishgan.

Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Qibray tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) 2-qismi “a”,”z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:55 26.05.2025. O'qildi: 766 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!