Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin: Rossiya urush boshlashga majbur qilindi

Putin: Rossiya urush boshlashga majbur qilindi

Rossiyani amalda Ukrainada urush boshlashga majbur qilishdi, ammo aybdor qilib ko‘rsatishmoqda. Bu haqda Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin bayonot berdi.

"Ukrainada davlat to‘ntarishini biz uyushtirmadik. Bizga doimo saylovlar, demokratiya kerakligini aytib kelishdi. Davlat to‘ntarishi sodir bo‘ldi - va hammasi xuddi shunday bo‘lishi kerakdek," - dedi u.

Putin qo‘shimcha qilishicha, Ukrainada hokimiyat almashganidan so‘ng Donbass aholisiga qarshi ta’qiblar boshlandi, keyinchalik esa ularni yo‘q qilishga kirishildi. RF prezidenti Rossiya qurolli kuchlari hujumga o‘tishga majbur bo‘lganini ta’kidladi.

Bundan oldin Putin jangovar to‘qnashuv chizig‘idagi vaziyat haqida muntazam ravishda - kunduzi ham, kech kechqurun yoki tunda ham ma’ruzalar olib turishini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 21:40 26.05.2025. O'qildi: 1306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!