Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Butunjahon triatlon ittifoqi rahbarini qabul qildi

26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo‘yicha jahon kubogi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi.

Ushbu nufuzli global tashkilot bilan mazkur sport turini ommalashtirish va O‘zbekistonda milliy triatlon maktabini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federasiya faoliyat ko‘rsatmoqda, muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o‘tkazilmoqda, o‘zbekistonlik sportchilar qit’a va jahon reytinglarida o‘z o‘rinlarini mustahkamlab bormoqda.

Sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, zamonaviy infratuzilmani yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ekspert ko‘magi dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Kiritildi: 18:59 26.05.2025. O'qildi: 351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!