Boisi O‘zbekistonda ikkinchi bor o‘tkaziladigan mudofaa texnologiyalari festivaliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilyapti. Unda mamlakat harbiy sanoatining eng so‘nggi yutuqlari, jumladan Arslon 8x8 va 6x6 zirhli transport vositalari, To‘fon o‘ziyurar gaubisasi hamda boshqa mahsulotlar namoyish qilinadi. Bundan tashqari, yana bir namunadagi jangovar texnika jamoatchilikka ilk bor ochiqlanadi.
O‘tgan yilgiga nisbatan keskin kengaygan katalog intrigalar, yorqin taassurotlar va iliq xotiralar va’da qilmoqda.
Ko‘rgazma 29, 30, 31-may hamda 1-iyun kunlari poytaxtimizda joylashgan G‘alaba bog‘i majmuasida o‘tkaziladi.
Kirish mutlaqo bepul.