Bugun 27 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya “Iskander M” raketalarini takomillashtirdi. Ular manyovr qilib uchadi

Rossiya “Iskander M” raketalarini takomillashtirdi. Ular manyovr qilib uchadi

Rossiya "Iskander M" ballistik raketalarini takomillashtirdi, shu bois Patriot tizimlariga ularni urib tushirish qiyinlashdi.

Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Havo kuchlari matbuot kotibi Yuriy Ignat shanba tunida Kiyevga qilingan ommaviy hujumni sharhlar ekan ma’lum qildi.

Uning aytishicha, birinchidan, har bir raketa nishonga yaqinlashganda radiolokasion chalg‘ituvchi vositalarni otishi mumkin.

Ikkinchidan, raketalar kvaziballistik trayektoriya bo‘ylab, ya’ni to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas, balki manyovr qilib uchishi mumkin, dedi Ignat.

Ukraina Qurolli Kuchlari Havo kuchlari matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, g‘arblik hamkorlar allaqachon Ukrainaga yetkazib berilayotgan raketaga qarshi tizimlarni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.

24 mayga o‘tar kechasi Kiyevga kamikadze-dronlar va ballistik raketalar yordamida qilingan hujum natijasida 15 kishi jarohat oldi.

Kiritildi: 07:16 25.05.2025. O'qildi: 2992 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!