Fransiyaning janubida, Kann kinofestivali bo‘lib o‘tayotgan hududda elektr ta’minotidagi keng ko‘lamli uzilish elektr stansiyalaridan biriga o‘t qo‘yilishi bilan bog‘liq, deya xabar bermoqda Franceinfo jandarmeriyaga tayanib.
Nashrda aytilishicha, yong‘in 23 maydan 24 mayga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan - bu elektr tarmog‘ining barqarorligini zaiflashtirgan.
Transformator podstansiyasidagi yong‘in faqat soat 06:30 da (Toshkent vaqti bilan 09:30) bartaraf etilgan).
Bundan tashqari, jandarmeriya yong‘indan so‘ng Alp dengizlari departamentida yuqori voltli liniya ustuni arralab, qulab tushganiga ishora qildi.
Ushbu hodisa oqibatida 160 ming abonent elektr ta’minotisiz qolgan.