Avvalroq germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp Rim klubi bosh murabbiyi bo‘lishga rozilik bergani xabar qilingandi.
«Roma»ga bormayman. Agar yaqin yillarda men kimgadir murabbiylik qilishim borasidagi mish-mishlarni o‘qisangiz, bu bema’nilik», – deya Kloppning so‘zlaridan keltiradi jurnalist Jeyms Pirs.
Eslatib o‘tamiz, Klopp 2015-2024 yillarda «Liverpul»ni boshqargan. 2025 yilning 1 yanvaridan boshlab Red Bull’da global rahbar sifatida ishlab kelmoqda.