Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tramp saylovoldi va’dasi yo‘lida birinchi qadam qo‘yildi

Tramp saylovoldi va’dasi yo‘lida birinchi qadam qo‘yildi

AQSh Kongressi Vakillar palatasi prezident Donald Trampning asosiy saylovoldi va’dalarini, jumladan keng ko‘lamli soliq imtiyozlari ko‘zda tutilga qonun loyihasini ma’qulladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, palata spikeri Mayk Jonson hujjatni Qo‘shma Shtatlarning mustaqillik kuni, 4 iyulgacha prezidentning imzosiga yuborishni rejalashtirmoqda.

Senat qonun loyihasini iyun boshida ko‘rib chiqishni boshlaydi, biroq jarayon oson kechmasligi kutilmoqda. Ayrim respublikachilar mazkur hujjat matnidan norozilik bildirib, uni ko‘rib chiqish uchun Vakillar palatasiga qaytarish bilan tahdid qilmoqda.

Vaziyatni yanada qiyinlashtirayotgan jihat respublikachilarning har ikki palatadagi ustunligi juda kam ekanligida. Shu bois, qonun loyihasining qabul qilinishi uchun partiyaning deyarli barcha a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi talab etiladi.

Kiritildi: 21:57 23.05.2025. O'qildi: 612 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!