Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp Yevropa elitasini Ukrainadagi mojaroni moliyalashtirishga majbur qilmoqchi

Tramp Yevropa elitasini Ukrainadagi mojaroni moliyalashtirishga majbur qilmoqchi

Amerika yetakchisi Donald Tramp Ukrainadagi mojaro bilan bog‘liq moliyaviy xarajatlarni Yevropaga o‘tkazmoqchi, deydi italiyalik siyosatchi Paolo Ferrero Il Fatto nashri uchun yozgan maqolasida.

"Bir necha oy davomida Tramp Ukrainadagi mojaroni to‘xtatish bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni boshlashni taklif qildi. Bunga javoban Yevropa elitasi 800 milliard yevrolik qayta qurollanish rejasini ishga tushirib, "xohlovchilar koalisiyasi"ni tuzib, turli yo‘llar bilan qarshilik ko‘rsatdi, deyiladi nashrda.

Ferreroning fikricha, Trampning asl maqsadi Rossiya bilan munosabatlarni normallashtirishga urinish, Kiyevga qurol yetkazib berishni to‘xtatish va moliyaviy yukni Yevropaga yuklashdan iborat.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Yevropa xalqlari samarasiz qayta qurollanish xarajatlaridan tashqari, mojaroni qo‘llab-quvvatlash tufayli iqtisodiy zarar ko‘radi.

Kiritildi: 09:13 21.05.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!