Jinoyatchi Isroil juda zarur oziq-ovqat yordamini ommaviy ravishda kiritishni to‘xtatib turgan bir paytda, G‘azoda taxminan 14 000 chaqaloq keyingi 48 soat ichida ochlikdan o‘lish xavfi ostida qolmoqda.
Buyuk Britaniya savdo shartnomalari bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi, Yevropa Ittifoqi esa G‘arbning tanqidlari kuchayib borayotgani sababli G‘azoning halokatli qamalga olinishi va urushning kengayishi munosabati bilan Isroil bilan mavjud kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqmoqda.
Isroil G‘arb ittifoqchilarining kuchayib borayotgan bosimiga qarshi norozilik bildirib, qo‘shimcha hududlarni egallash rejalarini takrorlamoqda.
Isroil kuchlari uzluksiz hujumlarning navbatdagi kunida 70 dan ortiq falastinlikni o‘ldirdi. Jumladan, G‘azo shahridagi ko‘chganlar boshpanasiga uyushtirilgan hujumda 22 kishi, shu jumladan bolalar halok bo‘ldi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi natijasida kamida 53 573 falastinlik halok bo‘lgan, 121 688 nafari esa yaralangan.
Hukumat matbuot xizmati o‘lganlar sonini yangilab, 61 700 dan oshganini ma’lum qildi. Ular vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar ham halok bo‘lgan deb taxmin qilinayotganini qo‘shimcha qildi.