Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

DW: Yevroittifoq Suriyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi

DW: Yevroittifoq Suriyaga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilishga qaror qildi

Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallasning ma’lum qilishicha, mazkur qaror Yevropa Kengashining 20 may kuni bo‘lib yig‘ilishida qabul qilingan.

"Biz suriyaliklarga tinch va yangi Suriya davlatini qurishda yordam bermoqchimiz. Yevropa Ittifoqi oxirgi 14 yil davomida har doim suriyaliklarni qo‘llab-quvvatlab keldi va buni davom ettiradi", — deb yozdi Kallas X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

DW'ning diplomatik manbalariga tayanib xabar berishicha, sanksiyalarni yumshatish birinchi navbatda Suriya Markaziy bankiga tegishli bo‘ladi.

"Bu sanksiyalar Bashar Asad rejimiga qarshi joriy qilingan edi. Bu rejim endi yo‘q", — deya izoh berdi manbalardan biri.

"Gap sanksiyalarni bosqichma-bosqich va qayta ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan tarzda bekor qilish haqida gap ketmoqda, shu bilan birga, YEI sanksiyalarni qayta joriy qilish huquqini o‘zida saqlab qolmoqda", deb yozmoqda DW.

Kiritildi: 23:02 20.05.2025. O'qildi: 364 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!