Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish: go‘sht do‘koni va qurilishda fosh qilingan yirik o‘g‘irliklar

Elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanish: go‘sht do‘koni va qurilishda fosh qilingan yirik o‘g‘irliklar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. turar-joy va xizmat ko‘rsatish binosini qurishda umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 270,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shuningdek, Departamentining Furqat tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «A.A.» MCHJ rahbari A.A. go‘sht mahsulotlari savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 149,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 16:49 19.05.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!