Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara Qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Xizmatning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1986 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi “o‘zbek-tojik” davlat chegarasini qonunga xilof ravishda buzib o‘tgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Unga tegishli sumka ko‘zdan kechirilganda, 15 dona o‘ramdagi jami 14 kg 584 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shundan so‘ng, ushbu ajal og‘usini buyurtma qilgan shaxsni aniqlash yuzasidan tezkor tadbir davom ettirildi. Natijada, Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1969 y.t. Bekobod tumanida narkotik moddani qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Boshqa holatda esa, Xizmatning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar hamda bojxona organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida yashovchi, 1992 y.t. shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 9 kg 467 gr “opiy” moddasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, tojikistonlik narkokur’er tomonidan Surxondaryo viloyati hududidiga kontrabanda yo‘li bilan yetkazib berilgan mazkur ajal og‘usini Denov tumanida yashovchi, 1994 y.t. fuqaro qabul qilib olib, Toshkent viloyatiga olib kelganligi aniqlandi va u ham prosessual tartibda ushlandi.

Qo‘qon shahrida qayd etilgan holatda, “Farg‘ona-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Lasetti” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Natijada unda yo‘lovchi sifatida harakatlanayotgan - Qo‘qon shahrida yashovchi, 1967 y.t. fuqaro o‘zining bel qismiga 1 kg 759 gr “gashish” moddasini yashirib olganligi aniqlandi.

Farg‘ona shahrida kuzatilgan holatda esa, “Farg‘ona-Toshloq” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan, 1995 y.t. shaxs boshqaruvidagi “Zaparojes” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning salon qismida 995 gr “gashish” moddasi borligi aniqlandi va tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Ta’kidlash lozimki, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ashyoviy dalil sifatida olingan jami 26 kg 805 gr giyohvandlik vositalari Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:58 19.05.2025. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!