AQSh rasmiylari Apple'ning Xitoyning Alibaba kompaniyasi bilan sun’iy intellekt bo‘yicha kelishuv tuzish rejalaridan xavotirda, deb yozadi New York Times.
Bitim Apple’ga Xitoydagi iPhone smartfonlarida sun’iy intellektga asoslangan funksiyalarni taqdim etish imkonini beradi. AQSh hukumati bu "Alibaba"ga sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlarini yaxshilashga, Xitoy chat-botlari qamrovini kengaytirishga, shuningdek, "Apple"ning XXR qonunchiligiga bo‘ysunishiga bog‘liqligini kuchaytirishga yordam berishidan xavotirda.