Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

“Make Grandpa Great Again”! Tramp 11-marta bobo bo‘ldi

“Make Grandpa Great Again”! Tramp 11-marta bobo bo‘ldi

AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning o‘n birinchi nabirasi dunyoga keldi. Uni siyosatchining kenja qizi – Tiffani Tramp dunyoga keltirdi.

Bu haqda Tiffani Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi. U Instagram'da yangi tug‘ilgan o‘g‘li bilan tushgan suratini yurakka tegadigan izoh bilan joylashtirdi.

“Xush kelibsan, azizimiz Aleksandr Tramp-Bulus. Biz seni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan darajada sevamiz! Hayotimizga kelganing uchun rahmat,” – deb yozdi Tiffani.

Tiffani Tramp – Donald Trampning ikkinchi rafiqasi Marla Meyplsdan bo‘lgan yagona farzandi. U 2019 yilda Maykl Bulus bilan turmush qurgan. Aleksandr – ularning birinchi farzandi va Donald Trampning o‘n birinchi nabirasi hisoblanadi. Trampning eng katta nabirasi, Kay Madison, joriy yilda 18 yoshga to‘ldi.

Internet foydalanuvchilari bu yangilikni hazil bilan qarshi olib, Trampning mashhur saylov shiorini o‘zgartirib, “Make Grandpa Great Again” – ya’ni “Boboni yana buyuk qilamiz” deb tabriklar yozyapti (aslida bu shiorda “Amerikani buyuk qilamiz” – “Make America Great Again” deyilgan).

Kiritildi: 12:27 16.05.2025. O'qildi: 397 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!