15 may kuni Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan Shimoliy vokzal hududidagi vagon ta’mirlash deposida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in to‘g‘risida xabar 23:58 da kelib tushgan bo‘lib, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 00:03 da yetib borgan. Yong‘in soat 01:31 da qurshab olingan va 02:48 da, qariyb 3 soatda, to‘liq o‘chirilgan.
Favqulodda hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Hozirda yong‘inning sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.