Prezident Mahmud Abbos ta’kidlashicha, mamlakat ichkarisi va tashqarisidagi falastinlik qochqinlar soni 7 million kishiga etdi. Bu haqda WAFA agentligi xabar berdi.
«Hammayoqda, ayniqsa, G‘azo, G‘arbiy sohil (Sharqiy Quddus bilan birga), Iordaniya, Livan va Suriyadagi qochqinlar lagerlarida millionlab falastinlik qochqinlarning azob-uqubatlari davom etmoqda», — dedi Falastin prezidenti.
Abbos Isroilni «genosid»da ayblab, maqsad «bizning xalqimizni G‘azo sektoridan siqib chiqarishdir», dedi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Falastinni «ozodlik zonasi»ga aylantirmoqchi ekanini aytgandi.