Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

Shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning elektron shakli ham rasman tan olinadi

1 iyuldan shaxsni tasdiqlovchi va boshqa hujjatlarning my.gov.uz dagi elektron shakli rasman tan olinadi.

Ularning qog‘oz nusxalari banklarda, notarial idoralarda, aeroport, vokzal kabi tegishli hujjatlarni so‘raydigan tashkilotlarda talab etilmaydi.

Bu prezidentning “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda “ijtimoiy karta” tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integrasiyalashuv platformasi doirasida shaxsiy hujjatlarning unifikasiyalangan raqamli servislari joriy etiladi.

Kiritildi: 10:11 16.05.2025. O'qildi: 541 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!