Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

BBC: Buyuk Britaniya va Germaniya birgalikda 2000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan qurol yaratadi

BBC: Buyuk Britaniya va Germaniya birgalikda 2000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan qurol yaratadi

Buyuk Britaniya va Germaniya birgalikda 2000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan qurol yaratadi.

Bu haqda 15 may kuni Buyuk Britaniya hukumati rasmiy saytida xabar berildi.

"Loyiha 2024 yilda qabul qilingan London va Berlin o‘rtasidagi mudofaa kelishuvi asosida amalga oshiriladi. Yangi qurol Buyuk Britaniya tomonidan yaratiladigan eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘ladi", deya ta’kidladi Britaniya hukumati.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Jon Hili va uning germaniyalik hamkasbi Boris Pistorius Berlindagi uchrashuv chog‘ida yangi loyiha haqida e’lon qilishadi.

Loyihaning amalga oshirilish muddati va byudjeti haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 23:23 15.05.2025. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!