Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani va shu sababli ishdan bo‘shatilgani aytildi

Toshkentdagi maktab o‘qituvchisi o‘quvchilarga «Katyusha» yodlatgani va shu sababli ishdan bo‘shatilgani aytildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birining direktori o‘qituvchini o‘quvchilari «Katyusha» va «Smuglyanka» qo‘shiqlarini kuylashmoqchi bo‘lganligi uchun ishdan bo‘shatganligi haqida xabarlar tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tumanidagi maktablardan birida boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi joriy yilning 8 may kuni o‘zi rahbarlik qilayotgan 4-“G” sinf o‘quvchilari bilan maktab ma’muriyatini ogohlantirmasdan dars jadvalida birinchi soatda ko‘rsatilgan matematika fani darsini o‘tmasdan o‘zboshimchalik bilan “Xotira va qadrlash kuni”ni nishonlashga uringan. Bundan xabar topgan maktab ma’muriyati o‘qituvchini dars mahalida bunaqa tadbir o‘tkazishi mumkin emasligi haqida yana bir bor ogohlantirgan. Bu kabi tadbirlar darsdan keyin o‘tkazilishi zarurligini, agar o‘zboshimchalik qiladigan bo‘lsa, o‘qituvchi ishdan bo‘shash uchun ariza yozishi lozimligini bildirgan.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan “Milliy tiklanish” DP raisi Alisher Qodirov bog‘cha va maktablarda bolalarning ong ostiga o‘zligimiz xo‘rlangan sovet davriga sog‘inch, ajdodlarimizni qirg‘in qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarurligini qayd etdi.

“O‘zbekistondagi bog‘cha va maktablar farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, o‘zligimizga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak, tashqi propaganda targ‘iboti uchun emas. MMT vazirligidan bu masalada izoh so‘raladi.

Tashqi ishlar vazirligiga Rossotrudnichestvo faoliyatini tahlil qilish haqida so‘rov yubormoqchimiz.

Non berib qo‘lidan ayrilgan xalqmiz, yaxshi niyatimiz suiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak”,- deya Telegram kanalida yozib qoldirgan.

Kiritildi: 10:15 13.05.2025. O'qildi: 645 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!