Vladimir Zelenskiy kechki murojaatida yana bir bor Turkiyada 15 may kuni Vladimir Putinni shaxsan kutishini aytdi, biroq asosiy masala — Rossiyaning o‘t ochishni to‘xtatishi ekanini bildirdi.
"12 maydan boshlab biz o‘t ochish to‘xtatilishini kutamiz, bu taklif muzokara stolida turibdi. To‘liq va so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish uzoq muddatli bo‘lishi kerak, shunda diplomatiyaga zaruriy asos yaratiladi, bu tinchlikni sezilarli darajada yaqinlashtirishi mumkin. Ukraina buni allaqachon taklif qilgan, hamkorlar ham taklif qilmoqda. Butun dunyo bu haqda gapiryapti. Rossiyadan aniq javob kutyapmiz.
Rossiya bu urushni baribir tugatishga majbur bo‘ladi. Qotilliklar to‘xtashi kerak. Ukraina kuchlari ham xuddi shunday javob qaytarishga tayyor, bu adolatli bo‘ladi. Hamkorlarimiz bir necha bor agar Putin o‘t ochishni to‘xtatishni rad etsa, Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini aytishdi.
Men 15 may kuni, Turkiyada bo‘laman, Putinni o‘sha yerda kuapman. Umid qilamanki, bu safar Putin bormaslik biror bahona qidirmaydi. Biz urushni tugatish uchun muzokara o‘tkazishga tayyormiz", — deya yana bir bor ta’kidladi Ukraina prezidenti kechki murojaatida.