Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Varshavada minglab odamlar noqonuniy migrasiyaga qarshi namoyish o‘tkazdi — AFP

Varshavada minglab odamlar noqonuniy migrasiyaga qarshi namoyish o‘tkazdi — AFP

Agentlikning xabar berishicha, namoyishchilar Polsha bayroqlarini ko‘tarib, “Migrasiyaga yo‘q!” degan shiorlarni baqirishdi. Shuningdek, norozilik aksiyasi qatnashchilari milliy-konservativ “Huquq va Adolat” (PiS) partiyasi qo‘llab-quvvatlayotgan prezidentlikka nomzod Karol Navroskiyning nomini tilga olishdi.

Polshada prezidentlik saylovining birinchi turi 18 may kuni bo‘lib o‘tadi. Asosiy nomzodlar sifatida Milliy xotira instituti rahbari Karol Navroskiy va Varshava shahri meri Rafal Tshaskovskiy ko‘rilmoqda. Navroskiyni amaldagi prezident Anjey Duda va uning milliy-konservativ “Huquq va Adolat” (PiS) partiyasi qo‘llab-quvvatlamoqda, Tshaskovskiy esa bosh vazir Donald Tusk yetakchiligidagi markazchi-o‘ngchi “Fuqarolik platformasi” partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan.

Taxminlarga ko‘ra, ulardan hech biri saylovning birinchi turida g‘alaba qozona olmaydi va ovoz berishning ikkinchi turi o‘tkaziladi.

Avvalroq Polsha Raqamlashtirish vaziri Kshishtof Gavkovskiy Rossiyani Polshadagi prezidentlik saylovlariga aralashishda ayblab, mamlakat Moskvaning diversiya, kiberhujumlar va yolg‘on axborot tarqatishga qaratilgan faoliyatining asosiy nishonlaridan biriga aylanganini ta’kidlagan edi.

Kiritildi: 23:05 11.05.2025. O'qildi: 647 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!