Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh davlat kotibi 14–16 may kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi — Reuters

AQSh davlat kotibi 14–16 may kunlari Turkiyaga tashrif buyuradi — Reuters

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Marko Rubio NATO'ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi. U ittifoqdosh davlatlar vakillari bilan Ukrainada tinchlik kelishuviga erishish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, AQSh Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, Marko Rubio “prezident Trampning alyansni mustahkamlash va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ittifoqchilar o‘z hissasini adolatli tarzda qo‘shishini ta’minlash” dasturini ilgari suradi.

NATO'ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining norasmiy uchrashuvi Shimoliy Atlantika alyansi davlat va hukumat rahbarlari sammitiga tayyorgarlikning bir qismi bo‘lib, ushbu sammit 24–25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 21:23 11.05.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!