Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ummonda o‘tgan yadroviy bitim bo‘yicha navbatdagi muzokaralardan so‘ng tomonlarning pozisiyalari bir-biriga yaqinlashgan.
"Muzokaralar avvalgilariga qaraganda jiddiyroq bo‘ldi. Shu sababli, Eron Qo‘shma Shtatlar bilan ishonchni mustahkamlash maqsadida uranni boyitish darajasini qayta ko‘rib chiqadi", — deya aniqlik kiritdi Aroqchi.
Xabar berilishicha, Eron va AQSh o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar taxminan bir hafta ichida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.