Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Makronni giyohvand moddalar iste’mol qilishda aybladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Makronni giyohvand moddalar iste’mol qilishda aybladi

Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan birga o‘tirgan stoldan oq rangli narsani olib tashlayotgani aks etgan videoga izoh berdi. Mazkur videoda, shuningdek, Mers ham qo‘lida qandaydir buyumni yashirgandek ko‘rinadi.

"Zelenskiyni navbatdagi dahshatli fitnaga – mojaroni hal qilishni izdan chiqarish va Yevropada qon to‘kilishini davom ettirishga undab, fransuz, ingliz va nemis poyezdga o‘tirishibdi... Ko‘rinib turibdiki, jurnalistlar kelgunicha anjomlarini (paket va naychani) yashirishni ham unutishgan", – deb yozdi Zaxarova.

Oq paketga o‘xshash buyum aks video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda va unda nima bo‘lgani borasida turli taxminlar paydo bo‘lmoqda. Xususan, bu shunchaki g‘ijimlangan qog‘oz parchasi bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Makron, Mers va Starmer hozircha ushbu video bo‘yicha rasmiy izoh bermadi.

Kiritildi: 20:11 11.05.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!