Ukraina prezidenti ofisi rahbari o‘rinbosari Pavel Palisa ta’kidlashicha, Rossiya qo‘shinlari yaqin kunlarda asosiy hujum harakatlarini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirishi mumkin:
Donesk va Lugansk viloyatlarining ma’muriy chegarasiga chiqish;
Xarkov va Sum viloyatlari hududida “bufer zona” yaratish;
Zaporojye yo‘nalishida Ukraina mudofaasini yorib o‘tish;
Xerson viloyatida daryodan o‘tib hujumni rivojlantirish.
Palisaga ko‘ra, Rossiyaning tinch aholiga qilgan hujumlari AQShning Ukrainaga munosabatiga ta’sir qilmoqda. U AQSh va Yevropa yordamini Ukraina uchun hal qiluvchi deb hisoblaydi. Shuningdek, Ukraina o‘z mudofaa salohiyatini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda: milliy PVO, raketa tizimlari va snaryadlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda.