Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Saudiya Arabistonidagi sammitda Falastinni tan olishi mumkin

Tramp Saudiya Arabistonidagi sammitda Falastinni tan olishi mumkin

OAV xabar berishicha, AQSh HAMAS harakati ishtirokisiz Falastin davlatini tuzish to‘g‘risida bayonot berishi kutilmoqda.

Bu haqda The Jerusalem Post gazetasi Amerikaning The Media Line agentligiga asoslanib xabar bermoqda.

"Prezident Donald Tramp Falastin davlati va uning AQSh tomonidan tan olinishi masalasi bo‘yicha, shu jumladan HAMAS ishtirokisiz Falastin davlatini tuzish haqida qarorini e’lon qiladi," - deyiladi maqolada.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan sammit davomida Falastinni tan olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Manbalarga ko‘ra, bunday qaror HAMASning yangi davlat boshqaruvida ishtirok etmasligi sharti bilan qabul qilinishi mumkin.

Kiritildi: 11:58 10.05.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!