Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Shimoliy Koreya Kim Chen In boshchiligida raketa mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Shimoliy Koreya Kim Chen In boshchiligida raketa mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, mashg‘ulotlar Kim Chen In boshchiligida o‘tkazilgan. KCNA ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlarda 600 mm uzoq masofaga uchuvchi ko‘p martalik raketa tizimi va Xvasong-11ga taktik ballistik raketasi ishtirok etgan.

“Shuningdek, barcha bo‘linmalarni yadroviy qarshi hujumga zudlik bilan shay holatga o‘tkazish tartibi va jarayonini mashq qilish, qo‘mondonlik xodimlari uchun qarshi hujum tizimlaridan foydalanish bo‘yicha alohida mashqlar o‘tkazildi”, — deyiladi KCNA bayonotida.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat yadroviy kuchlarini doimiy ravishda takomillashtirish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, u "taktik yadro qurollari tizimlarining jangovar ishonchliligini yanada oshirish va ularni qo‘llash sohasini har tomonlama va doimiy ravishda kengaytirish" vazifasini qo‘ydi.

Kiritildi: 08:38 09.05.2025. O'qildi: 502 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!