Ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida bitta uy butunlay vayron bo‘lgan, yana uchta uy va yettita xo‘jalik binosi zarar ko‘rgan. Vayronalar ostidan bir ayol qutqarib olingan.
Shu bilan birga, Rossiya ommaviy axborot vositalari Ukraina Qurolli kuchlari ertalabdan boshlab Kursk viloyatining Tetkino hududida l hujumlarni davom ettirayotganini yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya tomonidan e’lon qilingan sulh bugun tunda kuchga kirgan edi. Tun davomida tomonlarning bir-biriga qarshi yirik hujumlari ham qayd etilmagan.
Rossiya harbiy Telegram kanallariga ko‘ra, Ukraina frontining ko‘plab uchastkalarida hozircha osoyishtalik hukm surmoqda. Shu bilan birga, chegara hududidagi to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ukrainalik askarlarga faqat javob zarbalarini berish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.