O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan o‘quvchilar uchun ijtimoiy taksi xizmati yo‘lga qo‘yildi
Loyiha imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga taksi orqali o‘quv muassasasiga xavfsiz va qulay tarzda qatnash imkonini beradi.
💰 Transport xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi — har bir bola uchun oyiga BHMning 1,2 barobari (450 ming so‘m) miqdorida. Imtiyoz shartiga qarab, yo‘l haqining 60 yoki 100 foizi qoplanishi mumkin.
🚕 Buyurtmalar Yandex Go mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi va ular "Komfort" tarifida bajariladi. Taksi chaqirishda maxsus imkoniyatlar mavjud — masalan, "Men nogironlar aravachasida bo‘laman" yoki "Mashinani topishda yordam kerak" kabi. Bunday holatlarda haydovchiga maxsus xabar yuboriladi va u yordamga tayyor bo‘ladi.
❌Yandex Go bunday xizmatlar uchun komissiya olmaydi: davlat tomonidan to‘lanadigan barcha mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydovchilarga beriladi.
Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida ishga tushgan loyiha Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Yandex Uzbekistan hamkorligida amalga oshirilmoqda.