Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini saylay olmadi

Vatikanda kardinallar yangi Rim papasini saylay olmadi

Katolik kardinallar Vatikandagi konklavning birinchi kunida 267-papani saylay olmadi. Buni 7 may, chorshanba kuni kechqurun Sikstin kapellasi tomidagi mo‘ridan chiqqan qora tutun tasdiqladi. Endi kardinallar 8 may kuni Rim-katolik cherkovining yangi rahbari saylovini davom ettiradi.

Butun dunyodan 133 nafar kardinalni birlashtirgan konklav Rim-katolik cherkovi tarixidagi eng katta konklavdir.

Konklav boshlanishidan oldin kardinallar ovoz berish jarayonini sir saqlashga qasamyod qildi. Ular 21 aprelda vafot etgan Rim papasi Fransiskning o‘rniga o‘rinbosar saylanmagunlaricha, hozir jamoatchilikdan deyarli izolyasiya qilingan.

G‘alaba qozonish uchun nomzod kamida uchdan ikki ovozni, ya’ni 133 tadan 89 tasini olishi kerak. Har bir turdan keyin maxsus o‘rnatilgan mo‘ridan chiqadigan tutun orqali yangi papa saylangan yoki saylanmaganini bilib olish mumkin: qora tutun papa saylanmaganligini, oq tutun esa uning saylanganini bildiradi.

Kiritildi: 09:49 08.05.2025. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!