Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya urushni to‘xtatsa, JCH-2026da qatnashadi – Trampdan shov-shuvli taklif!

Rossiya urushni to‘xtatsa, JCH-2026da qatnashadi – Trampdan shov-shuvli taklif!

Tramp Rossiyaga Ukrainadagi urushni to‘xtatishga “rag‘bat” sifatida 2026 yilda AQSh ham qabul qiladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etish imkoniyatini taklif qildi.

BBC'ning xabar berishicha, Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuvda Rossiya 2022 yildan beri futbol musobaqalaridan chetlatilganidan ilk marta xabar topgan.

"To‘g‘ri. Hozirgi paytda rossiyaliklarga o‘ynash taqiqlangan, ammo umid qilamizki, nimadir sodir bo‘ladi va tinchlik o‘rnatiladi, shunda Rossiya yana xalqaro musobaqalarda qatnashadi", – deya ta’kidladi Infantino.

"Buni iloji bor. Bu Rossiya uchun yaxshi rag‘bat bo‘lishi mumkin, to‘g‘rimi? Biz ular to‘xtashini istaymiz", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Kiritildi: 20:13 07.05.2025. O'qildi: 881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!