Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Suriya – Isroil: BAA orqali yashirin muzokaralar boshlandi

Suriya – Isroil: BAA orqali yashirin muzokaralar boshlandi

Birlashgan Arab Amirliklari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Isroil va Suriya o‘rtasidagi bilvosita aloqalar uchun aloqa kanalini yaratdi.

Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar xavfsizlik va razvedka masalalariga qaratilgan hamda Suriya va Isroil o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.

Qayd etilishicha, aloqa kanalini yaratish Suriya o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’aning 13 aprel kuni BAAga rasmiy tashrifidan bir necha kun o‘tib boshlangan.

Kiritildi: 19:20 07.05.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!