Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Evroittifoq AQShga qarshi chora ko‘rishga tayyor: Boeing samolyotlariga boj joriy etilishi mumkin

Evroittifoq AQShga qarshi chora ko‘rishga tayyor: Boeing samolyotlariga boj joriy etilishi mumkin

Evrokomissiya AQSh tomonidan o‘rnatilgan tariflarga javob choralari rejasi doirasida Amerikaning Boeing aerokosmik korporasiyasi samolyotlariga savdo bojlarini joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Financial Times gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, agar Vashington bilan savdo muzokaralari barbod bo‘lsa va Yevropa tovarlariga bojlarni pasaytirishga erisha olmasa, Bryussel bu qadamni qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Gazetaning yozishicha, Yevrokomissiya fuqarolik samolyotlarini Amerika tovarlariga nisbatan qariyb 100 milliard yevro miqdorida ko‘riladigan qarshi choralar ro‘yxatiga kiritishi mumkin. Qaror hamjamiyatga a’zo mamlakatlarning ko‘pchiligi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina kuchga kiradi.

Samolyotlarga va, ehtimol, kimyo sanoati mahsulotlariga solinadigan Yevropa Ittifoqi bojlari 14 apreldan kuchga kiradi, dedi manbalar.

Evrokomissiya va Boeing kompaniyasi izoh berishdan bosh tortdi, deb yozadi FT.

Kiritildi: 16:08 07.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!