Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda viloyatida ikkita mashina yonib ketdi

Toshkentda viloyatida ikkita mashina yonib ketdi

Toshkent viloyatining Toshkent tumani, “Bahor” MFY, Yuqori Hasanboy ko‘chasida 1 may kuni soat 15:42 larda ikkita transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 15:53 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 15:59 da to‘liq o‘chirilgan.

Ushbu hududda harakatlanib ketayotgan “VAZ-2102” avtomashinasida yong‘in yuzaga kelganligi sababli haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan FAW yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida yong‘in ikkinchi yuk mashinasiga ham tarqalgan. Hodisa oqibatida “VAZ-2102” haydovchisi yengil darajadagi kuyish jarohatini olgan.

Kiritildi: 23:10 01.05.2025. O'qildi: 703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!