Matbuotda "Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Xusanovga "Barselona" qiziqayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu haqda 21 yoshli hamyurtimiz bilan ishlayotgan agent Gayrat Xasbiullin izoh berdi.
"Menga "Barselona"dan hech kim qo‘ng‘iroq qilgani yo‘q. Bilmayman, bu haqda hech narsa deya olmayman. "Barselona" prezidenti esa menga qo‘ng‘iroq qilmadi. Bularning hammasi mish-mish", - dedi Xasbiullin "Sport-Ekspress" nashriga.
Shuni aytish kerakki, Abduqodir Husanov so‘nggi paytlarda "Manchester Siti" tarkibida maydonga tushmayapti.