Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Politico: Yevropa Ittifoqi Ukrainaga foydali qazilmalar bo‘yicha o‘z bitimini taklif qilmoqda

A A A
Politico: Yevropa Ittifoqi Ukrainaga foydali qazilmalar bo‘yicha o‘z bitimini taklif qilmoqda

"Evrokomissiyaning sanoat strategiyasi bo‘yicha komissari Stefan Sejurne Kiyevda Ukraina rasmiylari bilan uchrashuvda ularga muqobil taklif bergan. Qo‘shma Shtatlar taklifidan farqli o‘laroq, bu ikki tomon uchun foydali bo‘lishi ta’kidlanmoqda", deb yozadi nashr.

"Ukraina Yevropani zarur bo‘lgan 30 ta muhim minerallardan 21 tasi bilan ta’minlay oladi. Bizning ustunligimiz shundaki, biz hech qachon ikki tomon uchun manfaatli bo‘lmagan bitimni imzolashni talab qilmaymiz", — deya fikr bildirdi Sejurne.

Eslatib o‘tamiz, Tramp Ukraina resurslaridan foydalanish bo‘yicha kelishuv "tez orada" imzolanishini aytgan edi. Kiyev esa hozircha AQSh tomonidan taklif qilingan kelishuvga rozi bo‘lgani yo‘q va bitimga xavfsizlik kafolatlarini kiritilishni talab qilmoqda.

Kiritildi: 13:51 25.02.2025. O'qildi: 1717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!